Yiliga 35 ming tonna bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi

11:49 09 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
1156 0

Mamlakatimizda issiqlik saqlovchi qurilish materiallariga boʻlgan talab yil sayin ortib bormoqda. Shu bois, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan ushbu yoʻnalishda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirish natijasida yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.

Xususan, bazalt toshidan mineral plitalar ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan. Chunki respublikamizda shu kungacha bazalt tolasidan issiqlik saqlovchi material faqatgina “Oʻzmetkombinat” AJda tayyorlanar edi.

Endilikda Jizzax viloyatida ham shu turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Viloyati hokimligi va uyushma hamkorligida “Basalt Wool” MCHJ korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda yiliga 35 ming tonna bazalt tolasidan issiqlik saqlovchi qurilish materiali ishlab chiqariladi.

Loyiha qiymati 34,2 mln dollar boʻlib, barcha uskunalar Yevropadan keltirilgan. Yangi korxonada 100 ga yaqin ish oʻrinlari yaratildi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер