Yil oxiriga qadar kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish mumkin
Bandlik kompleksi rahbarlariga viloyat hokimlari bilan birga 500 ming aholini kasanachilikka jalb qilish choralarini ko‘rish topshirildi.
“Kasanachilar maktabi” tashkil qilinishi, unda tadbirkor va kasanachilarga bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatilib, o‘qitish va malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Yil yakuniga qadar 200 ming aholi ro‘yxatini mahallabay tasdiqlab, yuqori daromadli kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitishga topshiriq berildi.
Bunda muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish, interyer dizayneri, IT, elektron savdo, elektromobillarga xizmat ko‘rsatish kabi yuqori daromadli kasblarga o‘qitish ko‘lamini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Umuman, yig‘ilishda belgilab berilgan ishlarning tashkil etilishi orqali yil yakunigacha:
- kambag‘allik darajasini 14 foizdan 12 foizga tushirib, 200 mingga yaqin oilani kambag‘allikdan chiqarish;
- 2 million aholi bandligini ta’minlash;
- 55 ming nafar o‘zini o‘zi band qilganlarni kichik biznes sub’yektiga aylanitirish;
- 5 mingta kichik korxona o‘rta tadbirkorlar toifasiga qo‘shilishi mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida tegishli vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring