Yil boshidan buyon Toshkent avtobuslarida 32 mingdan ortiq chiptasiz yoʻlovchi aniqlandi
Toshkentda yoʻl haqini toʻlamasdan harakatlanayotgan yoʻlovchilarga nisbatan tadbirlar davom ettirilmoqda. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning dastlabki uch oyi davomida inspektorlar tomonidan 32 450 nafar chiptasiz yoʻlovchi aniqlangan.
“Ushbu fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlash joizki, yoʻlovchining shahar yoki shahar atrofida qatnaydigan avtobuslarda chiptasiz yurishi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasiga asosan jazolanishiga sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring