“Yil ayoli – 2021” respublika tanlovi sohibalari ragʻbatlantirildi
Poytaxtimizdagi "Hilton“ mehmonxonasida boʻlib oʻtgan “Yil ayoli” koʻrik tanlovida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar aniqlandi.
Unga koʻra:
— 1-oʻrin Samarqand davlat tibbiyot instituti 2-son Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Mahzuna Nasriddinovaga;
— 2-oʻrin Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik, Dilfuza Sharopovaga;
— 3-oʻrin Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, “Mevazor-Saodat” ishlab chiqarish kooperativi boshligʻi Saodat Nizomovaga nasib etdi.
Birinchi oʻrin sohibasi “Aziya-Alyans bank” tomonidan 20 mln. soʻmlik vaucher bilan ham taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring