Yigirma olti mamlakat talabalariga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

13:42 21 Mart 2021 Dunyo
1462 0

Foto: РИА Новости

Rospotrebnadzor tomonidan epidemiologik jihatdan xavfsiz deb tan olingan xorijiy mamlakatlarning talabalari Rossiyaga oʻqish uchun qaytib kelishlari mumkin. Bu haqda Taʼlim va fan vazirligi xabar berdi.

«Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2021-yil 16-martdagi 639-r-sonli buyrugʻi bilan chet ellik talabalar, aspirantlar, rezidentlar, tayyorlov fakultetlari tinglovchilari oʻqishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytib kelishlari mumkin», deyiladi xabarda.

Gap Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Vyetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozogʻiston, Qatar, Qirgʻiziston, Kuba, Maldiv orollari, Birlashgan Arab Amirliklari, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveysariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya, Yaponiya davlatlari haqida ketmoqda.

Rossiyaga kirishdan oldin chet ellik talabalar universitetga qaytish toʻgʻrisida kamida 10 kun oldin xabar berishlari shart. Talabalar kelishidan uch kun oldin va Rossiyaga kirib kelishi bilan uch kun ichida koronavirus tekshiruvlaridan oʻtishlari kerak. Natijalar chiqqunga qadar ular masofadan turib oʻqishadi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер