YHXX ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yolg‘onligini ma’lum qildi
Arxiv foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanish tezligi 70 kilometrgacha qaytarilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu xabarni inkor qilib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi 27-son Farmoniga ko‘ra, 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 140-son Qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish kiritildi.
YHXX ushbu qoida hozir amalda ekanligini ma’lum qilgan.
"Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz", deyiladi rasmiy xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring