Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuvlar va javobgarlik
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik koʻzda tutilgan? Mazkur savolga “Huquqiy axborot” kanali javob berdi.
Oʻz xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab boʻladi.
Xususan, bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan:
qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring