Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki Mirobod tumanida bir fuqaro otib ketilgani haqida yolgʻon xabarlar tarqaldi
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati rasmiy maʼlumot berdi:
Joriy yilning 21-noyabr kuni taxminan soat 22.30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota koʻchalari chorrahasida 1998-yilda tugʻilgan B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata rusumli avtomobilda piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda 1982-yilda tugʻilgan F.K. shifoxonaga olib borilganda, shifokorlarning saʼy harakatlarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring