Ijtimoiy soha obyektlarini mavsumga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi

17:32 14 Noyabr 2023 Jamiyat
153 0

Ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan joylarda oʻrganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatidagi taʼlim muassasasida elektr qurilmalarning kabellari tartibsiz montaj qilingan boʻlib, elektrotexnik laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilmaganligi aniqlandi. Shuningdek, mazkur muassasaga tegishli qozonxona hamda koʻmir yoqilgʻisining saqlanish holati talab darajasida emasligi maʼlum boʻldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” mutaxassislari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida muassasa masʼullariga koʻrsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер