Ijtimoiy himoya masalalari davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida aks etmoqda — Ulugʻbek Inoyatov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida fraksiyalar rahbarlari ham qonun loyihasi boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ulugʻbek Inoyatov, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari:
— 2024-yilgi Davlat byudjeti loyihasida aholining turmush darajasini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligi va daromadlarining oʻsishini taʼminlash, aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari sifatida aks etmoqda.
Byudjet loyihasiga fraksiyamizning 40 yoshdan oshgan aholining qandli diabet kasalligini erta bosqichda aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha qoʻshimcha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida bildirgan taklifi inobatga olinib, 14 mlrd. qoʻshimcha mablagʻ koʻzda tutilishiga erishildi.
Ushbu harajatlar aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatimizda barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Davlat byudjetini rejalashtirishga doir bunday strategik yondashuv Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlariga har tomonlama mos keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring