Ijro samaradorligini oshirish muhim vazifa
Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasining navbatdagi hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻz olgan boshqarma boshligʻi Otabek Salmonovning maʼlum qilishicha, 2023-yil 4,5 trln. soʻmlik ijro hujjatlari koʻrib chiqilib, shundan 2,1 trln. soʻmlik yoki 207 mingtasining amalda undirilishi taʼminlandi. Natijada bu boradagi koʻrsatkich oʻtgan yilgiga nisbatan 800 mlrd. soʻmga ortdi.
— Yil davomida davlat foydasiga 937,8 mlrd. soʻm, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga 1,1 trln. soʻm hamda fuqarolarga 62,9 mlrd. soʻm pul mablagʻlari undirib berildi, — deydi boshqarma boshligʻi. 1 Joriy yilda ham ijro hujjatlarini qonunda belgilangan muddatlarda hal etish, qoldiqdagi hujjatlar sonini keskin kamaytirish ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi va bu borada barcha xodimlarning masʼuliyati oshiriladi. Ayniqsa, murojaatlarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqishga katta ahamiyat qaratiladi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan muloqotda muomala madaniyatiga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring