Ijaraga xonadon vaʼda qilgan makler soxta boʻlib chiqdi
Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) T.K. IIOga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan bank kartasidan 500.000 soʻm pullar firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 33 yoshli A.A. ekanligi aniqlangan.
Unga koʻra, A.A. jabrlanuvchi T.K. bilan “Telegram” messenjerining “Arenda kvartira” nomli guruhida tanishib, aldov yoʻli bilan 500.000 soʻm miqdoridagi pullarni boshlangʻich toʻlov sifatida oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, aloqani uzib qoʻygan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, A.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring