Izboskanliklarga munosib sovgʻa hozirlanmoqda

14:12 16 Avgust 2024 Jamiyat
340 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Izboskan tumani aholisi respublikamiz Mustaqilligining 33 yillik bayramini qayta jihozlangan tuman madaniyat va istirohat bogʻida nishonlaydi. Hozirda bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

— Yaqinda tumanimizdagi Loʻgʻumbek qishlogʻida yangi madaniyat va istirohat bogʻi hamda hayvonot bogʻini qurib, foydalanishga topshirgan edik, — deydi tuman hokimining oʻrinbosari Alisher Nazarov. — Ayni paytda tuman markazidagi Poytugʻ shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish ishlari doirasida madaniyat va istirohat bogʻida keng koʻlamdagi ishlar yoʻlga qoʻyildi. Buning natijasida 14 ta yirik attraksionlar oʻrnatilib, dam olish maskanlari tashkil etilmoqda.

Hududda 1mln. dollarlik loyiha ishlariga kirishilgan boʻlib, u izboskanliklarning sevimli maskaniga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер