Italiyaning Avstraliyadagi elchisi toʻrtinchi qavatdan tushib ketib, hayotdan koʻz yumdi
Foto: corrieredellumbria.corr.it
Italiyaning Avstraliyadagi elchisi Francheska Tardioli fojiali tarzda hayotdan koʻz yumgan. Bu haqda Italiyaning “Corriere di Umbria” nashri xabar bermoqda.
Diplomat Folinyo shahridagi uyining toʻrtinchi qavatidagi balkonidan tushib ketgan. Taxminlarga koʻra, bunga muvozanatning yoʻqolishi sabab boʻlgan. Shunga qaramay, politsiya Tardiolining oʻlimi holati yuzasidan tergov boshlagan.
«Francheska Tardiolining halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz va uning oilasi qaygʻusiga sherikmiz. U yaxshi diplomat va davlat xizmatchisi edi», deyiladi Italiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
2021-yilning fevral oyida Italiyaning Kongo Demokratik Respublikasidagi elchisi Luka Attanasio BMT karvoniga qilingan qurolli hujumda halok boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring