Italiyada mavjud vaksinalarga chidamli “Covid-19” mutatsiyasi aniqlandi

20:38 04 Mart 2021 Dunyo
1155 0

Italiyada mavjud vaksinalarga chidamli boʻlishi mumkin boʻlgan koronavirus shtammi aniqlangan.

Bu haqda Italiya virusologlar jamiyati prezidenti, mikrobiologik laboratoriya direktori Arnaldo Karuzo maʼlum qildi.

Unga koʻra, gap ilgari aniqlangan Nigeriya shtammi haqida ketmoqda. U mamlakat shimolidagi Lombardiya viloyatining Breshia shahrida topilgan.

Karuzoning taʼkidlashicha, ushbu shtamm mutatsiyalar bilan tavsiflanadi, unga qarshi hozirda mavjud vaksinalar samarali boʻlmasligi mumkin.

Avvalroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammlari aniqlangan mamlakatlar soni oʻsishda davom etayotgani haqida xabar bergan edi. Yaʼni, “Covid-19” Buyuk Britaniya mutatsiyasi yana yetti mamlakatda aniqlangan hamda rasman qayd etilgan davlatlar soni 101 taga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер