Italiya Shimoliy Irlandiya bilan, Ukraina Shvetsiya bilan oʻynaydi
Yevropada Jahon chempionati saralashining yakuniy bosqichiga qurʼa tashlandi.
Bugun, 20-noyabr kuni Shveysariyada Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining yakuniy bosqichiga qurʼa tashlandi. Ushbu bosqichda oʻz guruhida 2-oʻrinni egallagan 12 ta terma jamoa va Millatlar ligasida eng yuqori natijaga ega 4 ta terma jamoa ishtirok etishi belgilangandi.
Qurʼa natijalari bilan tanishing:
Shimoliy Irlandiya – Italiya
Uels – Bosniya
Ukraina – Shvetsiya
Polsha – Albaniya
Turkiya – Rumыniya
Slovakiya – Kosovo
Daniya – Shimoliy Makedoniya
Chexiya – Irlandiya
Maʼlumot uchun, Yevropa mintaqasida Jahon chempionatining yakuniy oʻyinlari 2026-yilning mart oyida boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring