Italiya Maorif vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev Italiyaning Rim shahrida dunyoning 70 dan ortiq mamlakati taʼlim sohasi rahbarlari bilan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
Tashrif doirasida Usmon Sharifxodjayev Italiya Maorif vaziri Juzeppe Valditara bilan uchrashib, hamkorlik aloqalari, jumladan, ikki davlat oʻrtasida pedagoglar malakasini oshirish, maktablar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, Oʻzbekiston maktablarida italyan tilini ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitish masalalarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Italiya Maorif vaziri oʻrtasida hamkorlik kelishuvini imzolashga kelishib olindi hamda kelishuv loyihasi muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring