It egasini otib qoʻydi

11:33 02 Noyabr 2018 Dunyo
1652 0
Illyustrativ foto

AQSHda it ovga ketayotgan egasini yoʻlda otib qoʻydi. KRQEning yozishicha, baxtsiz hodisa Nyuy-Mexiko shtati Donya-Ana okrugida roʻy berdi.

74 yoshli erkak kishi oʻzining Charli, Kovboy va Skubi laqabli itlari bilan ovga borishga qaror qiladi. Jonivorlar mashinaning orqa oʻrindigʻiga joylashtiriladi. Bu yerda ov miltigʻi ham bor edi. Charli laqabli kuchuk behosdan qurolning tepkisini bosib yuboradi va oʻq haydovchi oʻrindigʻini teshib oʻtib, ovchini yaralagan. Kuchli ogʻriqqa qaramay, keksa inson mustaqil ravishda qutqaruvchilarni chaqirishga ulguradi. Qutqaruvchilar zudlik bilan yetib kelib, uni shifoxonaga olib ketishadi.

Barcha itlar xoʻjayini tuzalib chiqqunga qadar vaqtinchalik saqlash joyiga olib ketildi. Biroq otaxon jarrohlik amaliyotidan soʻng oʻgʻliga toʻrt oyoqli doʻstlarini zudlik bilan “itlar qamoqxonasi”dan qaytarib olib kelishni buyurgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер