Istiqbolli loyihaning ijobiy natijasi

13:41 27 Noyabr 2024 Jamiyat
317 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda har bir ishlab chiqarish korxonasining oʻz oʻrni bor. Asaka tumanidagi “Asaka tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati bir yilda 36 mln. dollar miqdoridagi eksport faoliyati bilan turdosh korxonalarga ibrat boʻlayotgani eʼtirofga molik.

— Korxonada boʻlajak ishchilar uchun ham yetarli sharoit yaratilgan, —deydi tumandagi 2-kasb-hunar maktabi tinglovchisi Zulfiya Abdurahmonova. — Shu bois maktabimizning 108 nafar tinglovchilari dual taʼlim asosida saboq olib, ishlash imkoniga ham ega boʻlyapmiz.

13 gektar maydonni tashkil etgan ushbu korxonada 2 ming 400 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqda. Ular tomonidan tola, kalava-ip, mato toʻqish, matoni boʻyash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshirilyapti. Hozirda yillik tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi 14 million 600 ming donani tashkil etmoqda. Yillik eksport hajmi esa 36 million dollardan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер