Isteʼmolchining haqqi undirib berildi
Surxondaryo viloyati Angor tumani “Qorasuv” mahallasida yashovchi O.Fattayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.
Ushbu murojaatda keltirilishicha O.Fattayev Angor tumani “Xalq banki”dan 30.000.000 soʻm 8%li kredit olib, Angor tumanida joylashgan “Abdulfayz Angor” xususiy korxonasiga mahsulot olish uchun oʻtkazib bergan boʻlsada, biroq ushbu mahsulotlardan 2.000.000 soʻm puli ortib qolganligi shu pullarini ololmayotganligini bildirgan.
Bu qilingan murojaati Angor tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, murojaat muallifining qolgan 2.000.000 soʻm pul mablagʻi taʼminotchidan tezkorlik bilan olib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring