Isteʼmolchining dilini ogʻritgan “DELL”!
Bir asr oldin faqatgina yozuvchi-adiblar va nufuzli tashkilot kotiblarida, barmoq bilan sanoqli insonlardagina yozuv mashinkasi boʻlgan. Bugungi kunga kelib xar bir xonadonda bir emas bir nechta kompyuterlar mavjudligi quvonarli xol albatta. Ichki bozorda isteʼmolchilar talabiga mos ravishda taklif xam talaygina. Bir-biridan sifati va dizayni bilan farq qiluvchi koʻplab ushbu turdagi texnika vositalarini topish mumkin. Ammo koʻpchilik bu borada duch kelgan va kelishi mumkin boʻlgan muammoli savol: Narxi qimmat boʻlsayu, nosoz chiqsa unda qanday yoʻl tutish kerak?
Naqd 4.200.000 soʻm toʻlab xarid qilgan noutbuki nosoz chiqqan isteʼmolchi O.Bozorova xam Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Buxoro viloyat hududiy birlashmasi ishonch raqamini bilmaganida, balki ancha ovora boʻlgan boʻlardi. Fuqaro yaqinda maishiy texnika doʻkonidan noutbuk xarid qilganini va nosoz chiqqanini, shu kunning oʻzidayoq murojaat qilishiga qaramasdan hech qanday yechim boʻlmaganini, isteʼmolchi sifatida qonuniy huquqlarini tiklab berishlarini soʻrab ogʻzaki ariza qoldirgan. Hududiy birlashmaning Huquqiy himoya sektori boʻlim boshligʻi A.Boboyev aralashuvi bilan shu kunning oʻzidayoq holat oʻrganildi va isteʼmolchi foydasiga hal etildi. Tadbirkorga tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida isteʼmolchi toʻlovi 4.200.000 soʻm qaytarildi.
Amirxon Ahmadov,
Oʻzbekiston IHHQJF Buxoro viloyati hududiy birlashmasi raisining
Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari,
Matbuot-axborot va jamoatchilik bilan ishlash sektori boshligʻi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring