Isteʼmolchilarga davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan oʻtkazildi

14:17 20 Dekabr 2023 Jamiyat
484 0

Joriy yilning shu vaqtiga qadar Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarga davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha jami 10 ming 369 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari ekspertizadan oʻtkazildi. Unga koʻra, 7 ming 364 ta isteʼmolchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr taʼminoti loyihalari kelishilib, shundan 659 ta obyektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi boʻyicha xulosalar berildi.

Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr taʼminotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Texnik shartlarning bajarilishi barcha isteʼmolchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер