Iste’molchi nega ikki oy sarson bo‘ldi?

2018 yilning 12 iyun kuni Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shaharning Ibn Sino nomidagi ko‘cha 32-uy 69-xonadonda yashovchi fuqaro Yulduz Boboyeva ariza bilan murojaat qildi.
Murojaatda aytilishicha, 2018 yilning 3 mart kuni Navoiy shahar Buyum bozoridan 2 million 100 ming so‘mga tikuv mashinasi va 550 ming so‘mga overlok apparati sotib olgan. Sotib olingan overlok apparati uyiga olib borib ishlatib ko‘rilganda, nosozligi ma’lum bo‘ladi.
Fuqaroning bu to‘g‘rida sotuvchiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilgan. Ikki oydan ortiqroq ovoragarchiliklardan so‘ng, Yu. Boboyeva o‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilishni so‘rab Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Ushbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislarining sa’y harakatlari natijasida Yu. Boboyevaning iste’molchi sifatida huquqlari ta’minlandi. Nuqsonli mahsulot yangisiga almashtirib berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring