Istanbuldagi teraktda gumon qilingan 17 kishini hibsga olindi

23:15 18 Noyabr 2022 Dunyo
860 0

Foto: Reuters

Turkiya sudi Istanbulning Istiqlol koʻchasida terakt tayyorlashda gumon qilingan 17 kishini hibsga oldi.

Turkiya sudi 13-noyabr kuni Istanbulning Istiqlol koʻchasida sodir etilgan hujumga aloqadorlikda gumonlangan 17 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, qoʻlga olinganlar davlat birligi va yaxlitligini buzish, qasddan odam oʻldirish va suiqasdda ayblanmoqda. Sud shuningdek, hujumga aloqadorlikda ayblanib politsiya tomonidan hibsga olingan 29 kishini Turkiyadan deportatsiya qilishga qaror qildi.

Avvalroq, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Istanbul markazida terakt uyushtirish buyrugʻi Suriya shimolidagi Manbij shahridan olinganini maʼlum qilgan edi. Vazir, shuningdek, joriy yilda 18 ta xudkushlik hujumining oldi olinganini aytdi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni Istanbulning Istiqlol koʻchasida kuchli portlash sodir boʻlib, 6 kishi halok boʻldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. Terakt sodir etishda gumon qilinayotgan Suriya fuqarosi Ahlam Albashir soʻroq paytida Kurdiston ishchilar partiyasiga aloqadorligini tan olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер