“Istanbul Bashakshehir” muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi

11:37 12 Aprel 2026 Sport
348 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Turkiya Superligasining 29-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va terma jamoa yetakchisi Abbosbek Fayzullayev toʻp surayotgan “Istanbul Bashakshehir” jamoasi oʻz maydonida “Genchlerbirligi” klubini qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 9-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. 40-daqiqada Eldorning oʻzi “Istanbul Bashakshehir”ning ikkinchi golini kiritdi. Oradan 2 daqiqa oʻtib Bertoʻgʻ Yildirim hisobni 3:0 koʻrinishiga keltirdi.

Bahsning ikkinchi boʻlimida mezbonlar tempni bir muncha tushirishdi. Natijada oʻyinda hisob boshqa oʻzgarmadi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning kechagi harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 8,7 ballga baholandi. Shomurodov soʻnggi bor 2025-yil 26-oktyabr sanasida boʻlib oʻtgan “Antalyaspor” — “Istanbul Bashakshehir” oʻyinida 8,7 ballni qoʻlga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер