“Issiqlik taʼminoti” AJga rais tayinlandi
Hukumat qarori bilan Ilhom Habibullayevich Toʻrayev “Issiqlik taʼminoti” AJ boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xabar berdi.
Tayinlovga qadar Ilhom Toʻrayev Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish va ekspluatatsiya faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Maʼlumot uchun, mazkur AJ Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 11-mart kuni imzolagan qarori bilan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida tashkil etilgan. Bu bilan vazirlikka issiqlik taʼminoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish yuklangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring