Issiqxonada yetishtirilgan yangi kartoshkalar bozorga chiqdi

11:27 24 Mart 2026 Jamiyat
212 0

Bugun yurtimizda tomorqachilik, meva-sabzavot yetishtirish kun sayin rivojlanib bormoqda. Harakat qilgan, mehnatdan qochmagan kishi borki, bir parcha yerdan ham yaxshigina daromad topyapti, yanada koʻprogʻiga intilmoqda. Shu yoʻlda izlanyapti, yangi-yangi tajribalarni oʻzlashtirib, koʻproq hosil olishga, yaxshi daromad qilishga harakat qilyapti.

Chiroqchi tumanining Sohil mahallasida yashovchi tajribali dehqon Qoʻchqor Mirzayev ham issiqxonada kartoshka yetishtirib, ushbu mahsulotni viloyatda birinchilardan boʻlib bozorga chiqardi.

— 8 sotixli issiqxonada dehqonchilik qilamiz, — deydi Qoʻchqor bobo Mirzayev. — Bu yerda bir vaqtning oʻzida pomidor, bulgʻor qalampiri hamda kartoshka yetishtirdik. Kartoshkani bir hafta avval bozorga chiqarishni boshlaganmiz. Hosilni tugatib, oʻrniga boshqa mahsulot ekamiz. Pomidorlarimiz ham tez orada pishib yetiladi. Xullas, mehnatimiz ortidan yil boʻyi daromad kelib turadi.

Kitob tumanining Qorabuloq mahallasida yashovchi Nasriddin Hakimov ham yopiq sharoitda kartoshka yetishtirayotgan dehqonlardan biri hisoblanadi. Uning aytishicha, bu usulda kartoshka yetishtirish ochiq dalaga qaraganda ancha koʻp hosil olish hamda yaxshi daromad qilish imkonini beradi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер