Isroilning yangi zarbasi oqibatida 21 nafar falastinlik halok boʻldi

12:50 29 May 2024 Dunyo
387 0

Foto: AP

Isroil kuchlari Rafah shahri yaqinidagi Al-Mavasi shahriga koʻchirilgan oilalar joylashgan lagerga zarba yoʻllashi oqibatida 21 kishi halok boʻldi. Ammo buni yahudiylar davlati armiyasi rad etmoqda.

Ushbu hujum oqibatida halok boʻlganlarning kamida 12 nafari ayollar boʻlgan. Gʻazodagi tibbiyot rasmiylari hujumlarda 64 kishi yaralangani va 10 nafarining ahvoli ogʻirligini aytmoqda. Isroil Al-Mavasini falastinliklar xavfsizligi uchun evakuatsiya qilinishi kerak boʻlgan hududlar sifatida koʻrsatgan edi.

Ushbu oxirgi hujum Tal-as-Sulton lageridagi havo zarbasidan ikki kun oʻtib sodir boʻldi. Tinch aholi ustiga yogʻdirilgan havo hujumida 45 kishidan koʻproq odam vafot etgan edi.

BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Baxusning aytishicha, Isroilning Gʻazoga boʻlgan urushi davomida 10 mingdan ortiq falastinlik ayollar halok boʻlgan. Eng dahshatlisi shuki, ularning koʻpchiligi chodirda uxlab yotgan vaqtda tiriklayin yonib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер