Isroil va Falastin oʻrtasida sulh tuzish uchun muzokaralar boshlangan — OAV
Foto: AP
Gʻazo sektorida vaziyatni barqarorlashtirish uchun Isroil va Falastin oʻrtasida sulh bugun, 21-may kuni erta tongda boshlangan boʻlishi mumkin.
Bu haqda TASS Misrdagi mojaroni hal qilishda vositachi vazifasini bajarayotgan diplomatik manbaga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining taʼkidlashicha, buning uchun har ikkala tomon — Isroil va Falastin tomonidan ushbu tashabbusning maʼqullanishi kerak.
Avvalroq, Isroil Gʻazo sektoridagi harbiy operatsiyani toʻxtatmoqchi ekanligi maʼlum boʻldi.
Oʻz navbatida, Falastin harakati siyosiy byurosi rahbarining oʻrinbosari Muso Abu Marzuk Falastinning “XAMAS” harakati bilan sulh tuzish uchun Isroil arab oilalarini chiqarib yuborish amaliyotini toʻxtatishi, Al-Aqsa masjidini tark etishi va Gʻazo sektoriga havodan berilayotgan zarbalarni toʻxtatishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring