Isroil kuchlari falastinlik mahbuslar saqlanayotgan qamoqxonaga hujum qildi

11:26 18 Fevral 2025 Dunyo
315 0

Isroil maxsus kuchlari tomonidan bosib olingan Ramallah gʻarbidagi Ofer qamoqxonasida oʻtkazilgan reydlar davomida yahudiy askarlari falastinlik mahbuslarga hujum qildi. Bu haqda “Anadolu Ajansi” nashri xabar berdi.

Nashrga koʻra, Isroil harbiylari falastinlik mahbuslar saqlanayotgan qamoqxonada reyd oʻtkazish bahonasida mahbuslarga bosim oʻtkazishga uringan.

“Hibsda saqlanayotgan falastinlik mahbuslarni kaltaklashdi va ularning ustiga turli xildagi xavfli suyuqliklar sepishdi”, — deyiladi HAMAS tomonidan boshqariladigan Mahbuslar matbuot xizmati bayonotida.

Ushbu holat natijasida jarohat olganlar yoki halok boʻlganlar haqida aniq maʼlumotlar berilmagan.

Falastin inson huquqlari tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunga kelib Tel-Aviv oʻz qamoqxonalarida 10 mingdan ortiq falastinlik mahbuslarni saqlab kelmoqda.

Maʼlumot uchun, 19-yanvar kuni kuchga kirgan Gʻazo kelishuvining birinchi bosqichiga koʻra, HAMAS hamda Isroil 1135 nafar falastinlik mahbus evaziga 19 nafar isroillik asirni ozod qilishga kelishib olgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro jinoiy sud noyabr oyida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Gʻazodagi urush hamda insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor sanab, hibsga olish orderi bergandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер