Isroil Gʻazoda qurilish ishlarini boshladi
Isroil Gʻazoda gumanitar yordam tarqatish markazlari sifatida foydalanishi mumkin boʻlgan bir qator obyektlarni qurishni boshladi. Bu haqda sunʼiy yoʻldoshdan olingan rasmlar asosida BBC xabar qildi.
Bunday taqsimlash nuqtalari aynan qayerlarda boʻlishini Isroil ochiqlamagan, ammo Gʻazoning janubiy qismida kamida toʻrtta markaz, shimolroqda, yaʼni harbiylar nazoratidagi Netzarim yoʻlagi yaqinida yana bittasi qurilmoqda.

Hozirda Gʻazoning 2,1 millionga yaqin aholisi ocharchilik xavfi ostida boʻlib, “The Gaza Humanitarian Foundation” dastlab oziq-ovqat, suv va gigiyena toʻplamlarini aholining 60 foizdan kamroq qismiga yetkazib bera olishini hamda oʻz faoliyatini may oyining oxirigacha boshlashini maʼlum qilgan. Tashkilot tarqatish markazlari toʻliq ishlamaguncha oddiy kanallar orqali yordamni yetkazib berishga chaqirdi.
Taʼkidlash joiz, Isroil hukumati mart oyida Gʻazoga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berishni toʻxtatgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring