Isroil Gʻazo sektoridagi janglarda yuqori martabali qoʻmondonini yoʻqotganini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Isroil armiyasi Gʻazodagi janglarda yuqori martabali qoʻmondonini halok boʻlganini maʼlum qildi. Janglar chogʻida podpolkovnik Salmon Xabakini yoʻqotilgan.
U Gʻazo sektorida operatsiya boshlanganidan beri halok boʻlgan barcha isroillik askarlardan u eng yuqori martabali qoʻmondon hisoblanadi.
Shu yilning 7-oktyabr kuni Xabaki Kibus Beeridagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan, bu yerda oʻnlab terrorchilar yoʻq qilingan.
Nashrning qayd etishicha, podpolkovnik Xabaki Isroil mojaro avj olganidan beri yoʻqotgan 18-harbiy hisoblanadi.
Oldinroq, Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Xagari mamlakat qurolli kuchlari Gʻazo sektori shimolidagi hujumlarini davom ettirayotgani va jangovar hududni kengaytirayotganini aytib oʻtgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring