Isroil Gʻazo aholisini evakuatsiya qilish uchun 24 soat vaqt berdi
Foto: Reuters
Isroil Mudofaa kuchlari Gʻazo tinch aholisini xavfsizligi uchun janubiy hududlarga evakuatsiya qilishga chaqirdi. Shuningdek, tinch aholidan Isroil bilan chegaraga yaqinlashmaslik soʻralgan. BMT maʼlumotlariga koʻra, koʻchirish uchun 24 soat vaqt beriladi. Gap 1,1 million falastinlik haqida bormoqda.
“Isroil Mudofaa kuchlari barcha Gʻazo aholisini uylarini tark etishga, oʻz himoyasi uchun janubga koʻchib oʻtishga va xaritada koʻrsatilganidek Gʻazo daryosining janubidagi hududga joylashishga chaqiradi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, HAMAS terror tashkiloti Isroil davlatiga qarshi urush boshladi. Gʻazo shahri janglar ketayotgan hudud. Evakuatsiya aholining shaxsiy xavfsizligi uchun zarur. Gʻazoga faqat xabar berilganidan keyin qaytish mumkin boʻladi.
BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik tinch aholi 24 soat oldin evakuatsiya qilinishi kerakligini aytdi.
“Xuddi shunday buyruq BMTning barcha xodimlari va BMT agentliklarida, jumladan, maktablar, sogʻliqni saqlash markazlari va klinikalarda joylashgan xodimlarga ham tegishli”, — dedi Stefan Dyujarrik.
Gʻazo ichki ishlar vazirligiga koʻra, Isroil orqamizga hujum qilish va fuqarolarni chiqarib yuborish uchun psixologik urushga eʼtibor qaratmoqda.
Isroil va Falastinning HAMAS harakati oʻrtasidagi urush 7-oktyabr kuni erta tongda Isroil hududiga raketalar otilgani bilan boshlangan.
Keyin jangarilar mamlakatning janubiy viloyatlariga bostirib kirishdi. Isroil 1,3 mingdan ortiq, Falastinda 1,5 mingga yaqin halok boʻlgan.100 ga yaqin isroillik jangarilar tomonidan asirga olingan, ular Gʻazo sektorida ushlab turilibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring