Isroil askarlari Falastin Qizil yarim oy tez yordam mashinasini oʻqqa tutdi

23:44 02 Noyabr 2023 Dunyo
440 0

Foto: AP

Isroil armiyasi Gʻazo sektorida Falastin Qizil yarim oy tez yordam mashinasiga qarata oʻt ochdi. Bu haqda tashkilotning X (sobiq “Tvitter”) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qilindi.

Ularning xabar berishicha, tez tibbiy yordam xodimlari jarohatlangan. Xodimlar Gʻazo sektorida boshqa yaradorlarni olib ketayotgan edi, deya taʼkidladi Qizil Yarim oy.

Bungacha Gʻazo sektorini avvalroq tark eta olmagan oxirgi 22 nafar xorijlik – “Chegara bilmas shifokorlar” (MSF) xalqaro gumanitar tashkiloti xodimlari Falastin anklavini tark etgani maʼlum boʻldi.

Biroq, MSFning 300 ga yaqin falastinlik xodimi va ularning oilalari Gʻazo sektorida qolmoqda.

Shu oʻrinda MSF gumanitar tashkiloti avvalroq Gʻazo sektoridagi zoʻravonliklarni toʻxtatish boʻyicha jahon yetakchilarining zaif va sust harakatlaridan noroziligini bildirdi.

Tashkilot veb-saytida eʼlon qilingan hisobotda, BMTning majburiy boʻlmagan oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasi begʻaraz zoʻravonlikni butunlay toʻxtatish uchun hech qanday mazmunli natija bermagani qayd etilgan.

Avvalroq, Gʻazo sektorida oʻqqa tutilishi va yoqilgʻi yetishmasligi sababli shifoxonalarning deyarli yarmi ishlamayotgani maʼlum boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер