Ispaniyada robot jarroh yordamida dunyoda birinchi marta oʻpka koʻchirib oʻtkazildi

01:46 27 Aprel 2023 Dunyo
468 0

Ispaniyaning Barselona shahridagi “Vall dʻHebron” shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan oʻpka koʻchirib oʻtkazildi. Bu haqda “Dev.by” nashri xabar berdi.

Operatsiya chogʻida yangi usul qoʻllanilgan. Yaʼni, shikastlangan oʻpka koʻkrak qafasini ochmasdan, bemorning toʻsh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, oʻrniga yangisi oʻrnatilgan.
Maʼlum boʻlishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qoʻli bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning “toʻrtta mohir qoʻli” yordamida amalga oshirilgan.

Bemor operatsiya davomida ogʻriqni deyarli sezmaganini aytgan. Bundan tashqari, shifokorlar tiklanish jarayoni ancha tez boʻlishini taʼkidlamoqda.

“Ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz boʻlib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi”, deb xulosa qilmoqda mutaxassislar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер