Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari 80 foiz bajarilgan

12:55 05 Sentyabr 2023 Jamiyat
511 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaz direktori Shoazim Minavarov maʼlum qildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydoni – 7,02 gektar, binoning oʻlchamlari – 161,0x118,8 metr. Binoning sathi – 19 307,2 m2.

Markaz binosida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining magistratura va doktorantura boʻlimlari uchun – 70 ta xona, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maʼmuriyati uchun – 35 xona, Islom sivilizatsiyasi markazi uchun – 21 xona, kutubxonaga – 36 ta xona ajratildi.

Qabullar zali – 835 m2, Qurʼon zali – 1 648 m2, mavsumiy koʻrgazmalar zali – 884m2, konferensiyalar zali – 919,7 m2.

Qurʼon zalida foydalanish uchun Qurʼoni karimning 28 ta qadimiy va nodir musʼhafidan iborat kolleksiyasi shakllantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер