Ishtixonda yangi korxonalar ish boshladi

14:56 20 Sentyabr 2024 Jamiyat
281 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida biryoʻla ikkita yangi korxona ishga tushirildi. Shulardan biri — xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan “HENGFENG FOODS” korxonasi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirishga ixtisoslashgan. Ushbu loyiha doirasida yiliga 5 ming tonna qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlanadi, ayni paytda mahalliy yoshlardan 55 nafari ish bilan taʼminlangan.

Tumanda faoliyatini boshlagan “Ishtihan yimin import export group” korxonasi ham qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga moʻljallangan. Umumiy qiymati 5 million AQSH dollarga teng boʻlgan loyiha boʻyicha yiliga 2 ming tonna qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Korxonada 20 dan ortiq ish oʻrni yaratilgan.

Har ikkala korxonaga Xitoy davlatidan keltirilgan zamonaviy dastgohlar oʻrnatilgan, ularni mahalliy yoshlar boshqarmoqda.

Ushbu korxonalarning ochilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimligi va bir qator boshqarma, idoralar rahbarlari, faollar, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер