Ishtixonda 432 million soʻmlik gaz talon-toroj qilindi
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumanida komplayens nazorat tuzilmalari, tuman-shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Ishtixon tumanining “Besh ariq” MFYda joylashgan YTT A.R.ga qarashli binoda xatlov oʻtkazilgan. Unda isteʼmolchi taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 432 million 619 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring