Ishsizlarga 20 sotixdan yer berildi

18:29 26 Iyun 2024 Jamiyat
418 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Norin tumanidagi Yashik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi 12 nafar ishsiz yoshlar va ayollarga “Shermamat Xusniddin” fermer xoʻjaligi maydondan 20 sotixdan yer berildi. Aholi ehtiyojmand qatlami vakillarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilgan ekinzorlarga “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida mosh ekish tavsiya qilindi. Parvarishi uncha murakkab boʻlmagan bu ekin mahalliy sharoitda yuqori hosil beradi. Qolaversa, yetishtirilgan mahsulot sotuvi kafolatlangan. Tumanda bir qator tadbirkorlar moshni qadoqlab eksportga chiqarish bilan shugʻullanadi.

Maʼlumot uchun, Namangan viloyatining Norin tumanida 421 gektar gʻalladan boʻshagan yer maydoni takroriy ekin ekish uchun aholiga ajratib berilmoqda. Bu bilan 2064 nafar kam taʼminlangan oilaga dehqonchilik orqali daromadga erishish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, ehtiyojmandlarga 250 kilogrammdan 526 tonna bugʻdoy, 42060 dona somon pressi ham yordam sifatida tarqatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер