Ishsiz ayollar bandligini taʼminlashda amaliy qadam

12:48 29 Noyabr 2021 Jamiyat
909 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Bobur mahallasida tikuvchilik sexi ish boshladi. Gap shundaki, Respublika Jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan foizsiz, 5 yil muddatda boʻlib toʻlash asosida ajratilgan mablagʻ evaziga zamonaviy tikuv mashinalari keltirilib, mahalladagi 56 nafar ishsiz xotin-qiz bandligi taʼminlandi.

Tikuvchilik sexining ochilish marosimida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri birinchi oʻrinbosari E.Muhiddinov, Oqdaryo tumani hokimi N.Sulaymonov hamda mahalla faollari ishsiz ayollar bandligini taʼminlash orqali ularning turmush tarzini yaxshilash yoʻlida davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan ustuvor eʼtibor jamiyatda xotin-qizlar bilan bogʻliq qator muammolarni bartaraf etishda muhim oʻrin tutayotganini taʼkidladilar.

Kelgusida shunday korxonalarni viloyatning boshqa hududlarida ham tashkil etish va “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”dagi opa-singillarimiz uchun doimiy daromad topish imkoniyatini yaratish koʻzda tutilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер