Ish izlovchi emas, ish beruvchi boʻldim

18:55 21 Iyul 2023 Jamiyat
722 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Yaponiya xalqaro universitetida tahsil olib, Andijonga qaytganimda koʻpchilik : “Endi nima ish qilasan?” deb savol berishgan. “Hech boʻlmaganda tarjimonlik qilarman...” desam yana hayratlanishgan: “Andijon sayyohlik markazi emas-ku, qanaqasiga tarjimonlik qilasan?”

Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda yoshlarga boʻlgan eʼtibordan unumli foydalangan holda Andijon shahrida “Sakura-Andijon” nomli nodavlat taʼlim muassasasini barpo etdim. Hozirga kelib bu yerda hamyurtlarimiz yapon, koreys, rus va ingliz tillarini mukammal oʻrganishmoqda.

Xususiy sektorga boʻlgan ishonch va eʼtibor yaxshilangach, “Reiwa” xususiy bandlik agentligini tashkil etib, Yaponiyada ishlashni xohlagan zamondoshlarimiz bandligini taʼminlashga koʻmaklashib kelmoqdaman. 30 dan ortiq xorijiy hamkorlarimiz tufayli zamondoshlarimizning ishonchini oqlashga ulgurdik. Oʻtgan qisqa davrda mamlakatimiz boʻylab yuzlab yigit-qizlarni Yaponiyada qurilish va ot sporti yoʻnalishlarida mehnat qilishlariga imkoniyat yaratdik.

Bugun yurtimizga xorijlik ishbilarmonlarning qiziqishi baland. Viloyatimizga ham koʻplab xorijiy davlatlar, jumladan, Yaponiyadan hamkorlarning tashrif buyurishi tarjimonlarga boʻlgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Bunday imkoniyat oʻquv muassasamizda tahsil olgan yigit-qizlar uchun imkoniyat eshiklarini ochyapti.

Bundan buyon biz yoshlar “Oʻqidim, mutaxassis boʻldim, endi nima ish qilay?” deya kimningdir eʼtiboriga koʻz tikmay, tashabbuskorligimizni amalda isbotlab, oʻzimiz ish oʻrni yaratishimiz lozim. Bu davlatimiz rahbarining biz yoshlarga boʻlgan eʼtiborining yuksak samarasi boʻladi.

Bekzodbek HAMROQULOV,

Andijon shahridagi “Sakura-Andijon” nodavlat taʼlim muassasasi va “Reiwa” xususiy bandlik agentligi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер