Ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda

15:14 05 Dekabr 2022 Jamiyat
833 0

Foto: Illustrativ surat

Bu haqda “Oʻzgidromet” maʼlumotlarni eʼlon qildi

Ertaga faqat respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yogʻadi. Havo harorati kechasi 5-10o sovuq, kunduzi 3o sovuq-2o iliq, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 13-15o sovuq, baʼzi joylarda 20o sovuqgacha, kunduzi 4-9o sovuq atrofida boʻladi.

Soʻng ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan togʻ oldi va togʻli hududlarda 7-8-dekabr kunlari baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Havo harorati kechalari 3-8o sovuqni, baʼzi joylarda 10o sovuqgachani, kunduz kunlari 3o sovuq-2o iliqni, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13o sovuqni, baʼzi joylarda 15-20o sovuqgachani, kunduz kunlari 2-7o sovuqni tashkil etadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi, yoʻllarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

Oʻzgidromet issiqroq kiyinishni, shuningdek yoʻllarda ehtiyot choralarini koʻrishni tavsiya etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер