Ish bilganga ming tanga...

15:54 17 Yanvar 2022 Jamiyat
3221 0

Foto: Халқ сўзи

Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Anvar Otabekov tomorqasidagi 10,5 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan. Bu yerda yil davomida bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri, sarimsoqpiyoz yetishtiriladi.

— Shu kunlarda sotuvga koʻchat tayyorlab qoʻydik, — deydi tomorqa egasi. — Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatidagi issiqxonalar egalari har bir koʻchatni ming soʻmdan bir yarim soʻmgacha boʻlgan narxda sotib olmoqdalar. Koʻchatdan boʻshagan maydonda bodring, pomidor parvarishlay boshlaymiz va ikki oydan soʻng bozorga dastlabki hosilni chiqaramiz. Shu tariqa issiqxonamizda ishni uzluksiz tashkil etganmiz.

Anvar akaning tomorqasida 15 mahalladoshi doimiy ish bilan taʼminlangan. Mavsumga qarab yana 20-25 nafar ishchi kuchidan foydalaniladi. Daromad esa tinimsiz mehnatga yarasha.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер