Iroqda ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti yana faollashgan
Fotо: Getty Images
“ISHID" (Iroq va Shom islom davlati) xalqaro terrorchilik tashkiloti Iroqda yana faollashgan.
Bu haqda Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn aytib oʻtdi. Unga koʻra, ayni paytda jangarilar Anbar, Kirkuk va Diyala viloyatlarining maʼlum hududlarida va Ninava viloyatining ayrim qismlarida joylashib olgan.
Shuningdek, u Iroqda turli fuqarolikka ega boʻlgan “Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti aʼzolari hibsda ushlab turilganligini aytib oʻtgan. Shu bois hozirda rasmiy Bogʻdod Gʻarbiy Yevropa davlatlari bilan terroristik tashkilotga qoʻshilib, mamlakat hududida qoʻporuvchilik harakatlarini sodir etgan fuqarolari toʻgʻrisida muloqotlar olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring