Iqtisodiyotga yoʻl ochgan 40 yulduz

16:38 28 Mart 2025 Jamiyat
296 0

Xalqaro Nordik universitetining ilm-fan sohasidagi navbatdagi xayrli ishlaridan biri — “Iqtisodiyot ilmi osmonida yulduzga aylanganlar” nomli ikkinchi risola keng kitobxonlar ommasiga tuhfa etildi.

Risolada ilm-fan taraqqiyoti yoʻlida muhim kashfiyotlarni amalga oshirgani uchun turli yillarda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan 40 nafar olimning hayoti va faoliyati, ular bilan boʻlgan intervyular jamlangan.

Mualliflar Sherzod Mustafaqulov, Hasan Sobirov, Nizomiddin Oʻrmonov, va Muxtasar Isaqova tomonidan tayyorlangan risolada olimlarning jamiyatga qanday hissa qoʻshgani, ilm-fan va taraqqiyot sari bosib oʻtgan yoʻllari batafsil bayon etilgan.

Kashfiyotlar, qonunlar va mexanizmlar haqidagi batafsil bilim darhol tatbiq etilmasligi mumkin. Ammo ular bilan tanishish dunyo ahliga koinotdagi oʻrnini anglashga, atrof-muhitdan xabardor boʻlishga yordam beradi. Shu maʼnoda, kitobda jamlangan mukofot sohiblarini insoniyatga, taraqqiyotga katta foyda keltirgan insonlar, deb atasak mubolagʻa boʻlmaydi. Ularning hayoti va ilmiy faoliyati bilan tanishish kitobxonlar uchun ulkan ilhom manbaidir.

Qayd etish joizki, ushbu risola nafaqat iqtisodiyot yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar, pedagoglar, balki kitobxonlar ommasi uchun muhim qoʻllanma hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер