Iqtisodiyotda davlat ishtiroki yanada qisqaradi — Qonun loyihasi

17:01 14 Fevral 2023 Siyosat
608 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish hamda korxonalar mahsulotlarining sifatini oshirishga imkon yaratadi.

Savol-javob va muhokamalarga boy boʻlgan majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер