Iqtisodiyot va moliya vaziriga yana bir o‘rinbosar tayinlandi

19:13 07 Avgust 2023 Iqtisodiyot
1283 0

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jasur Hazratqulovich Qarshibayev O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Jasur Qarshibayev O‘zbekiston Respublikasi  Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat qarzi departamenti direktori lavozimida ishlagan, shuningdek  Xalqaro valyuta jamg‘armasining Monetar siyosat va kapital bozori departamentida moliya sektori eksperti sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Jamshid Qo‘chqarov Sherzod Kudbiyev o‘rniga vazir lavozimiga tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер