Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yangi rahbar tayinlandi
Prezident farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sharafidinovich Sohibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
U yangi lavozimda 2019 yil yanvaridan buyon ishlab kelayotgan Dilshod Rahimovning o‘rnini egalladi.
Sh.Sohibnazarov tayinlovga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring