Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini 250 dan ortiq OAV vakillari yoritib boradi

12:05 09 Noyabr 2023 Siyosat
132 0

Bugun ertalab Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 16-sammitini yorituvchi milliy va xorijiy jurnalistlar uchun xalqaro matbuot markazi ish boshladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

100 dan ortiq mahalliy va 150 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ana shunday muhim xalqaro tadbirni tezkor yoritish imkonini beradigan matbuot markazida barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Xususan, internet tarmogʻiga ulangan zamonaviy kompyuterlar, dolzarb maʼlumotlarni efirga uzatish uchun katta ekranlar oʻrnatilgan.

Ayni paytda jurnalistlar tezkor xabarlarni uzatish uchun ishga kirishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер