Iqlimshunoslar Yerda chidab boʻlmas darajada issiqlik boshlanishidan ogohlantirmoqda
Foto: Getty Images
Global isish yaqinda Yerdagi hayotni chidab boʻlmas darajaga olib keladi. Olimlarning bu borada olib borgan tegishli tadqiqotlari haqida Phys.org saytida batafsil maqola chop etildi.
Maqolada, avvalo, AQSHning Oʻlim vodiysidan Yaqin Sharqqacha va Hindistondan Sahroi Kabirgacha boʻlgan mintaqalar aholisi haroratning sezilarli darajada oshishi haqida ogohlantirilgan.
Tadqiqot shuni koʻrsatmoqdaki, ushbu mintaqalar aholisi allaqachon iqlim oʻzgarishidan oʻzlarini noqulay his qilishmoqda.
Iqlim boʻyicha ekspert Zik Xausfazerning taʼkidlashicha, harorat haddan tashqari yuqori boʻladi. Masalan, 2021-yilda Amerikadagi Oʻlim vodiysida harorat 54,4 °Sgacha koʻtarilgan.
Shu oʻrinda mutaxassislar Yerda qurgʻoqchilik, oʻrmon yongʻinlari, boʻronlar va toshqinlarni haqida bashorat qilmoqdalar.
“Yerga issiqlik toʻlqini yaqinlashmoqda. Kataklizmlar koʻpaymoqda”, deydi Per-Simon Laplas instituti direktori Rober Votar.
Tadqiqot xulosasida aytilishicha, agar odamlar hech qanday chora koʻrmasa, vaziyat yanada ogʻirlashib, insoniyat chidab boʻlmas darajadagi issiqlikka toʻqnash keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring